Yil boshidan beri qancha avtomobil yo‘li ta’mirlangani ochiqlandi
O‘tgan sakkiz oyda umumiy foydalanishdagi 104 km avtomobil yo‘llarida rekonstruksiya qilindi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva ma’lum qildi.
Jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi A-380 «G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu» avtomobil yo‘lining 698-753 km (55 km) qismini rekonstruksiya qilish;
Navoiy viloyati hududidagi 4R57 «Qizilqum xalqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 0-8 km (8 km) qismini rekonstruksiya qilish;
Toshkent viloyati hududidagi 4R253 «Toshkent sh. – Turkiston sh/x – Qozog‘iston Respublikasi chegarasi» avtomobil yo‘lining 3 km.dagi temir yo‘l ostidan yo‘l o‘tkazgich qurish obektlarida bu ishlar oxiriga yetkazildi.
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida 94 km umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter