Andijondan xushxabar: Koronavirusdan tuzalganlar soni ko‘paydi

Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 8 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qildi.
Tuzalganlardan 5 nafari Andijon shahridan, 3 nafari Jalaquduq tumanidan. Ulardan 4 nafari erkak bo‘lsa, yana 4 nafari ayollardan. Barchasi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 9 yoshda.
Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytgacha 13 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 21 nafarga yetdi.
Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 269 nafarni tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter