Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yashnoboddagi daraxt yoquvchilarga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yashnoboddagi daraxt yoquvchilarga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Yangi O‘zbekiston bog‘i ro‘parasida daraxtlarning yonib, kesib ketilgan holati bo‘yicha tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev o‘z telegram-kanalida ma’lum qildi.

Toshkent shahar prokuraturasining bildirishicha, Yashnobod tumanidagi ushbu hudud «Musamuxamedova-Djurayeva Dilfuza» fermer xo‘jaligi maydoni bo‘lib, unda jami 533 tup, shundan 2 tup yong‘oq, 446 tup olxo‘ri, 83 tup terak daraxti noma’lum shaxslar tomonidan yoqib yuborilgani aniqlangan.

Yashnobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Deputat barchani moratoriy talablariga rioya etishga, daraxtlarni yo‘q qilishdan tiyilishga chaqirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring