Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yashil» toifaga kiruvchi hududlardagi sudlarda fuqarolar qabuliga ruxsat beriladi

«Yashil» toifaga kiruvchi hududlardagi sudlarda fuqarolar qabuliga ruxsat beriladi

Foto: Xabar.uz

«Qizil» va «sariq» toifaga kiruvchi hududlardagi sudlarda fuqarolarning shaxsiy qabuli  to‘xtatib turiladi hamda fuqarolarga hujjatlarni sudlarga faqat elektron shaklda yoki pochta orqali yuborish tavsiya etiladi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Oliy sud Rayosatining karantin davrida sudlarning faoliyati bo‘yicha navbatdagi qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, barcha sudlarda (toifa hududidan qat’i nazar):

  • sudya va mutaxassislar tomonidan ijtimoiy masofani (2 metrni) saqlagan, tibbiy niqob va antiseptik vositalaridan foydalangan holda faoliyat yuritishini ta’minlash;
  • barcha turdagi ommaviy tadbirlar (ma’rifat soatlari, seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, o‘quv mashg‘ulotlari va boshqa ommaviy tadbirlar) ni o‘tkazmaslik (sudlar faoliyati bilan bog‘liq videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar bundan mustasno);
  • sud binolariga kirish-chiqish joylarini pirometr va antiseptik vositalar bilan ta’minlash, sud muhokamasiga kelgan har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, niqobsiz va tana harorati 37 °C va undan yuqori bo‘lgan holatda, sud binosiga kiritmaslik kabi majburiy talablarga qat’iy rioya etish belgilangan.

Sud majlisi ishtirokchilari bo‘lmagan shaxslarning sud binolariga kirishi qat’iyan man etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring