Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yashil makon» umummilliy loyihasi ijrosi Biznes ombdusman  misolida

«Yashil makon» umummilliy loyihasi ijrosi Biznes ombdusman  misolida

Respublikada davom etayotgan «Yashil makon»  umummilliy loyihasiga har bir tashkilot sidqidildan o‘z hissasini qo‘shmoqda. 

Xususan, Tadbirkorlik sub’yektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Biznes vakil devoni ham hududlarda xodimlar  va tadbirkorlik  sub’yektlari o‘rtasida «Daraxt ek» tashabbusi bilan chiqdi.

Bu tashabbus doirasida Toshkent viloyatida «Metall Center» jamoasi bilan Bo‘stonliq tumanidagi «Sharq baligʻi» MChJga tegishli hududda  60 dan ortiq manzarali daraxtlar ekildi.

Shuningdek, viloyatda 28-29 oktyabr kunlari loyiha doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan  umumxalq hashariga tayyorgarlik jarayonida Vakil devoni xodimlari bilan birgalikda Ohangaron tumanidagi «NATURE GROW» va  «Tekos» MChJlari ishlab chiqarish korxonalariga tutash hududga 200 tupdan ortiq manzarali va mevali daraxtlar ekish uchun  joy tayyorlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring