Yashil iqlim fondi O‘zbekiston uchun grant ajratadi
Yashil iqlim fondi (YaIF) kelajakda O‘zbekiston uchun grant ajratishi mumkin. Bu mablag‘ Orol dengizi muammolarini hal qilishga sarflanishi rejalashtirilgan.
19-avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Songdo shahrida (Koreya Respublikasi) Yashil iqlim fondi ijrochi direktori o‘rinbosari Haver Mansanares bilan shu haqda muzokara o‘tkazgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi boshlig‘i Yashil iqlim fondi rahbariyatini 2019-yil 25-oktyabrda Nukus shahrida bo‘lib o‘tadigan Orolbo‘yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilishga bag‘ishlangan BMT shafeligidagi yuqori darajali Xalqaro konferensiyaga taklif qilgan.
YaIF rahbariyati 2017-2019-yillardagi O‘zbekiston bilan hamkorlik yakunlariga ijobiy baho bergan. Orol dengiziga turli yillarda tashrif buyurgan va fojia ko‘lamini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan BMTning sobiq va hozirgi rahbarlari Pan Gi Mun va Antoniu Gutterish suv havzasining yo‘q bo‘lishini “davrimizning eng katta ekologik halokati” deb baholagan edilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter