Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yashayotgan uyimizni sotganingizda bir og‘iz aytib qo‘yarsiz»

«Yashayotgan uyimizni sotganingizda bir og‘iz aytib qo‘yarsiz»

Toshkent shahridagi Diplomat International School va o‘rab olingan Sayilgoh ko‘chasi hududi (Brodvey, Sayilgoh) aks etgan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokama va e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

«Shahar makazidagi maydonni panjara bilan jimgina o‘rab olasiz, jamoatchilik «nega?», desa, panjaralarni yechib, ijtimoiy tarmoqlarga suratlarini «oqizasiz», saylovdan bir hafta o‘tmay, imi-jimida joyiga ilib qo‘yasiz. Bildik, kuchli odam ekansizlar, qonunga ham, jamoatchilik fikriga ham tupuribsizlar.

Nega bu yer sizniki bo‘lib qoldi? Qachon qaysi auksionda qanday raqiblar ishtirokida bu yerni yutib, qaror chiqarib, kadastrlab olgansiz degan savollarga javob berilmaydi, tabiiy. Davlat tiliga tupurib, bir muddatgina olib qayta ilib qo‘ygan bannerlaringizdan, pajaralar ustunini olib tashlamay, aksincha mahkamlatib, atrofdagi daraxtlarni kesib yurganingizdan ma’lum edi katta odamligingiz. Bosavering gazni, davringiz kelibdi, davroningizni suring, okalar!

Faqat bitta narsa so‘rasak maylimi: uyimiz oldidagi maydonga navbat qachon kelishini bilsak bo‘ladimi? Yashayotgan uyimiz tagidagi yerni sotib yuborganingizda, bizga bir og‘iz aytib qo‘yarsizlar hech yo‘q?», deb yozadi bloger Shahnoza Soatova.

Rasmiylar hozircha ushbu holatga izoh berganicha yo‘q. Jamoatchilik uchun, xalq uchun mo‘ljallangan ushbu hudud nega o‘rab olingani va endi nega panjaralar olib tashlanayotgani sababi aniq emas. Tabiiyki, bu urinishlarga sarflangan pullar uchun ham javobgarlik hozircha yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring