Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yashash sharoiti yaxshi bo‘lmasa odamlarda norozilik kayfiyati kuchayadi» — Prezident

«Yashash sharoiti yaxshi bo‘lmasa odamlarda norozilik kayfiyati kuchayadi» — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oxirgi uch yilda O‘zbekistonda umumiy maydoni 41 million kvadrat metrli 155 mingta xonadon foydalanishga topshirilib, ko‘p kvartirali uy-joylar soni 2 baravarga oshgan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ayni mavzuga bag‘ishlangan videoselektor davomida aytib o‘tdi.

«Yangi uy-joylar va zamonaviy massivlar sonining oshishi bilan, ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatishning dolzarbligi ortib bormoqda.

Bir narsani to‘g‘ri tushunish kerak, agar insonning yashash sharoiti yaxshi bo‘lmasa, oilasida tinchlik, ishida unumdorlik bo‘lmaydi, norozilik kayfiyati kuchayadi.

Misol uchun, o‘tkazilgan so‘rovlarda 35 foiz aholi ko‘p-qavatli uy-joylarga ko‘rsatilayotgan xizmatlardan mutlaqo norozi, 65 foiz aholi shirkatlar ishini amalda sezmayapti.

Shuningdek, shirkatlarning muddati o‘tgan kreditorlik qarzi 1,4 trillion so‘mdan ortib (shundan 277 milliard so‘mi muammoli kredit), 950 tasining (25 foiz) moliyaviy holati o‘ta og‘ir ahvolda.

Toshkent viloyati – 209 ta, Andijon – 208 ta, Samarqand – 68 ta, Jizzax – 65 ta, Qoraqalpog‘iston – 46 ta, Farg‘ona – 26 tani tashkil etmoqda.

Qariyb 70 foiz shirkatlarning kredit muddatlari hattoki 3-4 martadan uzaytirib berilgani bilan, ushbu imtiyoz berilgan kreditlarning 52 foizi so‘ndirilmayapti.

Muammoli kreditlarning asosiy qismi Toshkent shahri (90 milliard so‘m), Andijon (35 milliard so‘m), Toshkent viloyati (28 milliard so‘m), Farg‘ona (27 milliard so‘m),  Surxondaryo (26 milliard so‘m) va Samarqandga (22 milliard so‘m) to‘g‘ri keladi», — dedi Prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring