Yarim kechgacha va dam olish kunisiz ishlashga barham berishmoqchi
Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishda har bir shaxsning dam olish huquqi haqida me’yor qo‘shish taklif qilingan.
Konstitutsiyaning 38-moddasi hozir quyidagicha: «Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to‘llanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi».
Yangi taklif etilayotgan o‘zgartishga ko‘ra quyidagicha bayon etiladi: «Har bir shaxs dam olish huquqiga ega. Mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlovchiga qonunda belgilangan ish vaqtining davomiyligi, dam olish va bayram kunlari, haq to‘lanadigan har yilgi ta’til kafolatlanadi».
— Bu hozir Mehnat kodeksimizda belgilangan, ammo endi konstitutsiyaviy huquq deb kiritiladi. Xodim ham bu mening konstitutsion huquqim, deb baralla ayta oladi, — deya qo‘shimcha izoh bergan Akmal Saidov.
Bugungi kunda davlat va nodavlat ishchilari ham dam olish va bayram kunlarida deyarli hordiq chiqarmaydi. Ayniqsa, davlat xizmatchilarining yarim kechagacha va dam olish kunlari ham ishlash holatlari hamon kuzatilmoqda. Ya’ni qonun talablari bajarilmayapti, buzilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter