Yarador timsoh uchun 3D-printerda yangi dum yaratildi (video)
Arizona universiteti olimlari 3D-printerda timsoh uchun dum chop etishdi. Alligator turiga mansub bo‘lgan bu jonivor dumini boshqa hayvonlar bilan jangda yo‘qotgan va bu tana a’zosisiz uning yashashi uchun imkoniyat kam edi, deb xabar qilmoqda «Korrespondent.net».
Alligatorlar suvda va quruqlikda turli harakatlarni amalga oshirish uchun dumlaridan foydalanadilar. Yovvoyi tabiatda dumsiz bu hayvonlar yashab keta olmaydi.
3D-printerda chop etilgan silikon dum esa bu timsohga ikkinchi imkoniyatni taqdim etdi. Endi u yana avvalgidek harakatlana oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter