Yaqin orada Tojikiston va Afg‘onistonda yangi zilzilalar kutilmoqda

So‘nggi paytda Markaziy Osiyo seysmik jihatdan faol hududga aylanib bormoqda.
Mutaxassislarning aytishicha, 30-mart kuniga qadar dunyoda 7 va undan yuqori magnitudali zilzila kuzatilishi xavfi mavjud emas.
Astronomik sabablar bilan zilzila xavfi prognozlarini ishlab chiqishda mashhur niderland seysmologi Hugerbits o‘z jamoasi bilan 25-26-mart kunlari Eron, Afg‘oniston, Tojikiston va Hindiston shimoli Himolay tog‘ tizmalarida 4-5 magnitudali zilzila bo‘lishini prognoz qilgan.
Mazkur magnitudali zilzilalar asosan doimiy seysmik faol tog‘li hududlarda kuzatilishi mumkin va ular kuchli zilzila turiga kirmaydi.
Bugun Afg‘oniston va Tojikistonda 4 va undan biroz yuqori magnitudali kuchsiz zilzilalar kuzatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter