Yaqin kunlarda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Gidrometeorologiya xizmati 11-13-aprel kunlari uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Respublika shimolida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 11-aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 17-22°, 12 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 25-30°, 13-aprelda kechasi 9-14°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat 11-aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27°, 12-aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 28-33°, 13-aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
Markaziy viloyatlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 11-aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 17-22°, 12-aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 21-27°, 13-aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
Janubda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 11-aprelda kechasi 9-14°, kunduzi 25-30°, 12-aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 28-33°, 13-aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 30-35°bo‘ladi.
Vodiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-aprelda kechasi 5-10°, kunduzi 17-22°, 12-aprelda kechasi 6-11°, kunduzi 22-27°, 13-aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter