Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyaliklarga bolalarni urish taqiqlanadi

Yaponiyaliklarga bolalarni urish taqiqlanadi

Foto: «Reuters»

Yaponiya vazirlar mahkamasi bolalarni himoya qilish bo‘yicha qonunga o‘zgartirishlar kiritdi.

«The Japan Times» tomonidan xabar qilinishicha, o‘zgartirishlar avvalo bolalarga nisbatan qonunbuzarliklarning oldini olishi lozim. Bu o‘rinda gap ota-onalar, vasiy shaxslar va ijtimoiy xizmat xodimlariga bolalarga nisbatan kuch ishlatishni ta’qiqlash borasida ketyapti.

Yangi o‘zgarishlar 1-apreldan kuchga kirishi ko‘zda tutilgan. Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Yaponiyada 10 yoshli Mi Kurixarining vafoti juda katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi. Qizchaning jasadi o‘z uyining vannasidan topilgan. Bunga qadar u o‘ziga nisbatan otasi tomonidan shafqatsiz munosabat bo‘lgani haqida shikoyat qilgan, ammo mahalliy hokimiyat buni ko‘rib chiqishni istamagan edi. Tahmin qilinishicha qizchani o‘z otasi o‘ldirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring