Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyalik mutaxassislar ishtirokida kooperatsion birja bo‘lib o‘tdi

Yaponiyalik mutaxassislar ishtirokida kooperatsion birja bo‘lib o‘tdi

Foto: Toshkent agrar universiteti

Toshkent Davlat agrar universitetida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Yaponiya ishchi guruhining uchinchi yig‘ilishi hamda ushbu tadbir doirasida V2V formatida kooperatsion birja bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining vakili, Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito, Yaponiya Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi vazirligining atrof muhitni ximoya qilish va xalqaro ishlar departamenti bosh direktori o‘rinbosari Osamu Xashiromoto va boshqalar O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar kabi ko‘plab sohalar qatori qishloq va suv xo‘jaligida ham izchil rivojlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlari chog‘ida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Foto: Toshkent agrar universiteti

Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe 2015-yilning 24–26-oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lgan chog‘ida o‘tkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlarda ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishga oid qator hujjatlar, jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik bo‘yicha Memorandum imzolangan edi.

Foto: Toshkent agrar universiteti

Ta’kidlash joizki, keyingi yillar mobaynida qishloq xo‘jaligi sohasida Yaponiya hukumatining moliyaviy ko‘magida suv xo‘jaligini boshqarish, irrigatsiya tizimlarini takomillishtirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va boshqa sohalarda amalga oshirilgan loyihalar bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. Ayni paytda esa meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, suv xo‘jaligi ob’yektlarini modernizatsiya qilish, mutaxassis kadrlar malakasini oshirish kabi qator yo‘nalishlarda hamkorlik qilinmoqda.

Yaponiya O‘zbekistonning strategik hamkorlaridan. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar Do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot hamda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot asosida izchil rivojlanmoqda.

Yig‘ilishda tomonlar avvalgi 2016-2017-yillarda o‘tkazilgan Qo‘shma ishchi guruxlar tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida belgilangan hamkorlikni rejalarining ijrosi va kelajakdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari va aniq rejalari muhokama etildi.

Jumladan, istiqbolda qishloq xo‘jaligi ekinlarining seleksiyasi va urug‘chiligi yo‘nalishida tabiatning noqulay omillari, turli kasallik hamda zarakunandalarga bardoshli, serhosil navlarni yaratish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, resurstejamkor texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish, chorvachilikda naslchilik ishlarini takomillashtirish, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qo‘shimcha qiymat hosil qiluvchi - qayta ishlash, saqlash bo‘yicha eng zamonaviy texnologiyalarni tarmoqqa jalb etish, kadrlar tayyorlash va mutaxassislarning malakasini oshirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish kabi qator loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Tadbir doirasida V2V doirasida o‘tkazilgan kooperatsion birjada Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Yaponiya tashqi savdo tashkiloti (JETRO), Yaponiyaning «Nomura» ilmiy-tadqiqot insituti, «Kindos Co.Ltd», «KINOSAWA Co. Ltd», «FYKADASYOUTEN Co.Ltd», «OYO Corporation», «Hokkaido Intellekt Tank», «Nissin» kompaniya, korporatsiya rahbarlari va vakillari, hamda yaponiyaning Toshkentdagi «Mitsubishi» va «Marubeni Co.Ltd» korporatsiya vakolatxonalri rahbarlari bilan O‘zbekiston tomonidan Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi, Innovatsion rivojlantirish vazirliklari, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Uzbekozikovkatxolding» Xolding Kompaniyasi, “O‘zagroeksport” Aksiyadorlik jamiyati, «Uzbekbaliksanoat», «Ubekipaksanoat», «Uzbekozik- ovkatzaxira» uyushmalari, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, qishloq xo‘jaligida standartlashtirish va qishloq xo‘jaligi navlarini sinash markazlari tizimidagi ishlab chiqarish korxonalari, firmalar o‘zlarining imkoniyatlari va loyihalari bilan o‘rtoqlashishdi va hamkorlik qilish masalalarida muzokaralar olib borishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring