Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada sobiq bosh vazir Sindzo Abe otib ketildi

Yaponiyada sobiq bosh vazir Sindzo Abe otib ketildi

Yaponiyaning Nara shahrida noma’lum shaxs sobiq bosh vazir Sindzo Abega o‘q uzdi. Abening ahvoli haqida aniq ma’lumot yo‘q, ammo matbuot u halok bo‘lganini taxmin qilmoqda.

Mahalliy NHK telekanali xabariga ko‘ra, Abe Nara shahrida nutq so‘zlayotgan vaqtda qurolli shaxs uning orqasidan ikki marta o‘q uzgan.

«Abe kasalxonaga yotqizildi, ammo oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, uning «yurak-o‘pka tizimi to‘xtashi» kuzatilgan. Bu uning o‘lganini anglatishi mumkin, ammo hali rasman tasdiqlanmagan», — deya xabar beradi BBC muxbiri.

67 yoshli Sindzo Abe 2020 yilda bosh vazirlik lavozimini tark etdi, ammo Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasida qudratga ega shaxs bo‘lib qoldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring