Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya O‘zbekistonga tibbiy uskunalar taqdim etadi

Yaponiya O‘zbekistonga tibbiy uskunalar taqdim etadi

Yaponiya hukumati «Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam» dasturi doirasida O‘zbekiston tibbiy muassasalariga zamonaviy jihozlar taqdim etadi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan grant shartnomalarini imzolash marosimida Yaponiya elchisi Takashi Hatori va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov qatnashdi.

Grantlarning umumiy miqdori 290 ming dollarni tashkil etadi. Bitimlar doirasida Samarqand shahridagi 2-sonli tug‘ruqxona, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi  Qarshi filiali hamda Shahrisabz shahri tibbiyot birlashmasi zamonaviy uskunalar bilan ta’minlanadi.

«Yaponiya bundan keyin ham O‘zbekistonda yuqori sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga hissa qo‘shishda davom etadi», – deyiladi Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi xabarida.

Kunchiqar o‘lka turli yo‘nalishlar qatorida sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish borasida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Yaponiya tomoni «Inson xavfsizligini ta’minlash» tamoyiliga sodiq qolgan holda ko‘mak ko‘rsatishda cobit ekanini bildirgan.

2022 yil avgust oyida Yaponiya umumiy qiymati 4,6 million dollarni tashkil etuvchi tibbiy-diagnostika uskunalari taqdim qilgan.

2022 yil fevral oyida esa ikki davlat rasmiylari Qoraqalpog‘istondagi klinikada xizmat sifatini oshirishga qaratilgan hujjatni imzolagan. Loyiha doirasida muassasaga 794 million iyena (7,35 million dollar) miqdorida tibbiy uskuna va o‘quv materiallari yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring