Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kosta-Rikaga yutqazib qo‘ygan Yaponiya uchun guruhdan chiqish masalasi og‘irlashdi

Kosta-Rikaga yutqazib qo‘ygan Yaponiya uchun guruhdan chiqish masalasi og‘irlashdi

Foto: Associated Press

Qatardagi jahon chempionatining 2-turidan o‘rin olgan bugungi kun o‘yinlarini Yaponiya va Kosta-Rika boshlab berdi.

Birinchi turda Germaniyani mag‘lub etib shov-shuv ko‘targan yaponlar kutilmaganda kosta-rikaliklarga yutqazib qo‘yib, o‘zlari uchun guruhdan chiqish masalasini og‘irlashtirib qo‘yishdi. O‘yindagi yagona golni kosta-rikaliklar 81-daqiqada kiritishdi. Yaponiya so‘nggi turda Ispaniyaga qarshi o‘ynaydi. 

QATAR-2022. E GURUHI. 2-TUR

Yaponiya – Kosta-Rika – 0:1

Gol: Keysher Fuller (81).

Uch ochko bilan Kosta-Rika terma jamoasi E guruhida 3-o‘ringa ko‘tarildi. Uch ochkoga ega Yaponiya 2-o‘rinda. Xuddi shuncha ochko bilan Ispaniya guruh yetakchisi, biroq bitta kam o‘yin o‘tkazgan. Germaniya terma jamoasi hozircha autsayder vazifasini bajaryapti (0).

Guruhning va turnirning eng muhim qarama-qarshiliklaridan biriga bugun tunda guvoh bo‘lamiz: Germaniya va Ispaniyaning o‘zaro o‘yini soat 00:00 da boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring