Yapon ishbilarmonlarining yarmidan ko‘pi 2021-yilgi Olimpiadani o‘tkazishga qarshi
Yaponiya ishbilarmonlarining yarmidan ko‘p qismi 2021-yilga rejalashtirilgan Tokio Olimpiadasining o‘tkazilishiga qarshi chiqishdi. Mahalliy Tokio Shoko Research Tadqiqot Instituti mutaxassislari jamoatchilik fikri bo‘yicha so‘rov o‘tkazganlar.
So‘rovnomalar natijasini shuni ko‘rsatdiki, so‘rovnoma qatnashchilarining 56 foiz qismi olimpiada musobaqalarini qoldirish kerak degan fikrga qo‘shilishadi. So‘ralganlarning atigi 7,7 foizi Olimpiya o‘yinlarini keyinga qoldirish yoki bekor qilish mumkin emas degan fikrga kelishgan.
Eslatib o‘tamiz, sport musobaqalari o‘tgan yilning iyun oyida Tokioda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq koronavirus pandemiyasi fonida rasmiylar Yozgi Olimpiada o‘yinlari 2021- yilda o‘tkazilishi to‘g‘risida qaror qabul qilishdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada hozirgi kunga kelib, koronavirus bilan kasallangan 416 mingdan ortiq bemor ro‘yxatga olingan, 7 mingga yaqin odam infeksiya ta’siridan vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter