Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponcha klaviatura qanaqa bo‘ladi?

Yaponcha klaviatura qanaqa bo‘ladi?

Foto: «Pikabu»

Yapon tilida Xitoydan kirib kelgan kandzi iyeroglifli yozuvidan tashqari, ikki bo‘g‘inli alifbolar — xiragana va katakana bor. Ularda bitta belgi so‘zni emas, bo‘g‘inni bildiradi.

Odatda bu alifbolar iyeroglif qo‘llab bo‘lmaydigan so‘zlarga ishlatiladi: katakana — Yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlar uchun, xiragana — alohida yaponcha qo‘shimchalar yoki qaysi iyeroglif qo‘yishni bilmaganda ishlatiladi.

Ana shu xirakananing 47 belgisi kompyuter klaviaturasiga kiritilgan, shuning uchun ham yaponcha klaviatura klavishlari soni bo‘yicha bizdagidan deyarli farq qilmaydi. Qolaversa, maxsus dasturlar ham borki, ular belgilarning kiritilishiga qarab bir nechta belgini avtomatik ravishda iyeroglifga almashtirishni taklif qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring