Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yapon Xalqaro Universiteti talabalar uchun o‘z eshiklarini ochdi

Yapon Xalqaro Universiteti talabalar uchun o‘z eshiklarini ochdi

Maktab o‘quvchilari so‘nggi qo‘ng‘iroqqa hozirlanib, oliy o‘quv yurtlariga hujjat tayyorlayotgan ayni damda talaba bo‘lishga ulgurgan abituriyentlar ham bor. 14 may kuni Yapon Xalqaro Universiteti talabasi bo‘lgan yoshlar uchun «Induction Week», ya’ni akademik o‘quv yilining ilk haftasi bo‘lib o‘tdi va talabalar universitet hamda o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Unda, «Japanese International University»ning asoschilari, akademik boshqaruvdagi xodimlar, talabalar va ularning ota-onalari, universitet imtihonlarida ishtirok etgan yoshlar va universitet yo‘nalishlariga doir sohalarda faoliyat olib boruvchi mutaxassislar ishtirok etdilar. Tadbir davomida Universitet tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan yuqori  baholandi va ota-ona, ustozlar faol qiziqish bildirdilar.

Tadbir davomida barcha ishtirokchilar uchun tanishuv va taqdimot, talabalar uchun qiziqarli intellektual hamda jamoaviy o‘yinlar tashkil etildi. Kun oxirida esa ishtirokchilar uchun yulduzli JIU Party o‘tkazildi. Dastur mehmoni sifatida  mashhur xonanda Konsta ishtirok etdi.

Kun davomidagi tadbirlarda faol ishtirok etgan va eng bilimli yoshlar maxsus MacBook, Smartphone va Powerbank kabi qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, JIU talabalari universitet mutaxassislari va ustozlari tomonidan o‘tkazilgan taqdimotlar yordamida JIU’da talabalar hayoti, akademik kalendar va oldinda ularni qanday ta’lim kutayotgani haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

JIU’da xalqaro ta’lim va imkoniyatlar

Japanese International University Biznes Boshqaruvi, Moliya, IT, Pedagogika va Turizm sohalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga mo‘ljallangan. Xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan zamonaviy universitet boshqa oliygohlardan ta’lim berish metodi hamda pedagogik faoliyatga o‘zgacha yondaiuvi bilan ajralib turadi. Universitetda ta’lim jarayonlari amaliy tajribaga ega bo‘lgan, natijaga erishgan, xorijiy va mahalliy kuchli professor o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.

Universitet talabalari nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash bilan talabalik davridanoq tajriba olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari Yapon Xalqaro Universiteti O‘zbekiston bo‘ylab birinchilardan bo‘lib talabalarga Soft-skills’ni rivojlantirish bo‘yicha ta’lim beradi. Bu orqali talabalarda muomala madaniyati, muzokara olib borish, ishontirish, liderlik, etiket, taym menejment, ijodiy, tahliliy va tanqidiy fikrlash kabi ko‘nikmalar shakllanadi.

Xorijda o‘qib, ishlash imkoniyati

Japanese International University xalqaro universitet sifatida talabalarga ta’limni xorijda davom ettirishlari uchun ham imkon beradi. Talabalar 2-kursni «Work and Study» (O‘qi va ishla) loyihasi doirasida Yaponiyada davom ettirishlari mumkin. Bundan tashqari, talabalar yozgi ta’tilda «Work and Travel»  dasturi orqali AQShda ishlab, sayohat qilishlari mumkin. Eng asosiysi, Universitetni ijobiy ko‘rsatkichlar bilan yakunlagan bitiruvchilar Yaponiyaning nufuzli kompaniyalarida yuqori daromadli ish bilan ta’minlanadi.

  

Imtihon topshirish muddati

Yapon Xalqaro Universitetining navbatdagi imtihoni 2023 yilning 28 may kuni ingliz tilidan va birinchi marta onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Imtihonda ishtirok etish uchun abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi. IELTS 5,5 va undan yuqori balli sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar universitetga imtihonsiz qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot olish hamda ro‘yxatdan o‘tish uchun Japanese International University’ning aloqa markazlariga ariza qoldiring.

Murojaat uchun:

Aloqa markazi: +998 (71) 203-02-20

Instagram 

Telegram

Facebook 

Manzil: Samarqand shahri, Sadriddin Ayniy ko‘chasi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring