Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiyo‘lda homilador ayol va 20 yoshli qiz yashayotgan xonadonga 5 nafar bosqinchi kirdi

Yangiyo‘lda homilador ayol va 20 yoshli qiz yashayotgan xonadonga 5 nafar bosqinchi kirdi

Foto: Tergov departamenti

2021-yil 13-fevral kuni soat 03:00 larda noma’lum shaxslar Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahar Fayzli mahallasi Ma’rifat ko‘chasida joylashgan 20 yoshli Nozima Yu.ning yashash xonadoniga devordan oshish yo‘li bilan kirishadi.

Bosqinchilar yuzlariga niqob va qo‘llariga rezina qo‘lqop kiygan holda Nozima Yu.ni hayot uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, yuz qismiga bir marotaba urib, og‘zini skotch yordamida berkitishadi. So‘ng, qo‘shni yotoqxonada uxlab yotgan homilador 25 yoshli Yulduz D.ning qo‘llarini skotch yordamida bog‘lab, Nozima Yu. va Yulduz D.larga tegishli jami 1.320 AQSh dollarlik qimmatbaho buyumlarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Zangiota tumani Zangiota va O‘rtaovul mahallalarida yashovchi 26 yoshli Qodirbek T., 33 yoshli Lutfilla F., 24 yoshli Xusan S., 24 yoshli Doniyor T. va 23 yoshli Abdukarim A.lar sodir etganliklari aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Qodirbek T., Lutfilla F., Xusan S., Doniyor T. va Abdukarim A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring