Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiyer shahri qat’iy karantin tartibiga qaytdi

Yangiyer shahri qat’iy karantin tartibiga qaytdi

Foto:«Xabar.uz»

28-iyundan noma’lum muddatga qadar Yangiyer shahridagi ayrim ko‘chalarda yengil va temir-beton to‘siqlardan foydalangan holda blok postlar o‘rnatildi hamda bu ko‘chalarga avtotransport vositalarining kirib chiqishi qisman cheklandi.
 
Shahar hokimligi axborot xizmatiga jamoat joylarida, tashkil etilgan blok postlarda shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan koronavirus infeksiyasi alomatlarini aniqlash bo‘yicha majburiy tibbiy nazorat o‘rnatilgan. 
 
«Bugundan boshlab muntazam ravishda shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi va mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan shahar markazida joylashgan dehqon bozori, savdo majmualari (supermarket, gipermarket va boshqalar) teplovizorlar va antiseptik vositalar bilan jihozlandi va kuchaytirilgan tartibda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda», deyiladi xabarda.
 
Hududdagi buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat etilmaydi.
 
2020-yil iyun oyida hududda 4 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Shaharga epidemiologik noxush hududlardan kirib kelgan fuqarolar hamda bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 525 ta oila (1994 ta fuqaro) tibbiy kuzatuvga olingan. Shundan 45 ta fuqaro shifoxonada, uy kuzatuvda 480 ta oila (1949 ta fuqaro)ni tashkil etadi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring