Yangi Zelandiya abortni qonuniylashtirdi
![Yangi Zelandiya abortni qonuniylashtirdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/3/720_460_95_3334016161.jpg)
Yangi Zelandiya parlamenti uchinchi o‘qishda abortni legallashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilish uchun ovoz berdi, deya xabar berdi «New Zealand Herald» nashri.
Gazetaning yozishicha, qonunni qabul qilishga 68 nafar parlament a’zosi ovoz bergan bo‘lsa, 51 nafari qarshi chiqqan. Endi qonun loyihasi qirol sanksiyasini olish uchun Yangi Zelandiya general-gubernatoriga yuboriladi.
Abortni legallashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi abortni Yangi Zelandiya jinoyatlari to‘g‘risidagi qonundan chiqarib tashlaydi, shuningdek, ayol homiladorlikning 20-haftasigacha abort qilishni xohlasa, ikki nafar shifokorning ma’qullashini olish zarurati bekor qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter