Yangi yilning ilk kunidagi tug‘ilishlar soni aytildi
2024-yil 1-yanvar soat 17.00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda jami 1043 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda SSV ma’lumot berdi.
Ularning:
- 540 nafari o‘g‘il,
- 503 nafari qiz.
Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (160 nafar) qayd etildi.
Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarni:
Samarqand viloyati (127 nafar),
Qashqadaryo viloyati (115 nafar),
Namangan viloyati (105 nafar),
Andijon viloyati (97 nafar) band etdi.
Eng kam tug‘ilish esa Navoiy viloyati (11 nafar) hissasiga to‘g‘ri keldi.
E’tiborlisi, tug‘ilganlarning 12 nafari egizakdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter