Yangi yilda korporativ bayramlar o‘tkazish taqiqlandi (infogarafika)
![Yangi yilda korporativ bayramlar o‘tkazish taqiqlandi (infogarafika)](https://static.xabaruz.com/crop/3/5/720_460_95_3530858456.jpg)
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining bayonoti e’lon qilinganidan xabaringiz bor.
![](https://xabar.uz/static/uploads/32/720__RveOoY9ZPeF9RAR1hvNEY8NDxpOWaSfI.jpg)
Unga ko‘ra, vazirlik, idoralar, davlat ulushi bo‘lgan korxonalar va boshqa tashkilotlariga turli xil korporativ bayram tadbirlari tashkil etish taqiqlandi. Vazirlik, idoralar, davlat ulushi bo‘lgan korxonalar va boshqa tashkilotlariga korporativ bayram tadbirlaridan tejab qolingan mablag‘larni ta’lim, sog‘liqni saqlash, mehribonlik uylari va boshqa ijtimoiy sohalarga yo‘naltirish tavsiya etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter