Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yil kuni mast haydovchi og‘ir YTH yuzaga keltirdi

Yangi yil kuni mast haydovchi og‘ir YTH yuzaga keltirdi

2022-yil 1-yanvar kuni soat 17:15 larda Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasida «Matiz» rusumli avtomashina haydovchisi, 1967 yilda tug‘ilgan S.N.  spirtli ichimlik ta’siri ostida og‘ir YTHga sababchi bo‘ldi.

U boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, 1991-yilda tug‘ilgan E.R. boshqaruvidagi «Neksiya-2» rusumli hamda 1983-yilda tug‘ilgan R.K. boshqaruvidagi «Neksiya-2» rusumli avtomobillar bilan to‘qnashuv sodir etgan.

YTX natijasida quyidagilar:

1) «Neksiya-2» haydovchisi R.K. (tashxis:  bosh miya yopiq jarohati, BMCh, chap boldir suyagining yopiq sinishi, oyoqning to‘piq qismi yopiq sinishi);

2) 2009-y.t. voyaga yetmagan yo‘lovchi, 7-sinf o‘quvchisi Z.T. (tashxis: bosh miya yopiq jarohati, BMCh);

3) 2012-y.t. voyaga yetmagan yo‘lovchi, 2-sinf o‘quvchisi F.K. (tashxis: peshona teri qismi yirtilgan jarohati, bosh miya yopiq jarohati, BMCh);

4) 2017-y.t. voyaga yetmagan yo‘lovchi, bog‘cha tarbiyalanuvchisi I.K. (tashxis: boshning yuqori qismining yirtilgan jarohati, bosh miya yopiq jarohati, BMCh, chap oyoq boldir suyagi yopiq sinishi); 

5) 1987-y.t. yo‘lovchi F.K. (tashxis: chap oyoq ochiq sinib siljishi);

6) 2021-y.t. voyaga yetmagan yo‘lovchi O.K. (tashxis: travmatik shok);

7) «Matiz» rusumli avtomashina haydovchisi S.N. (tashxis: bosh miya yopiq jarohati, BMCh, o‘ng boldir suyagining ochiq sinib siljishi, ko‘plab shilinmalar, mastlik holati)lar turli darajadagi tan jarohatlari olishgan.

Barcha jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring