«UMS» yana uchta yangi tarif rejasini taqdim etdi
«UMS» mobil kompaniyasi bahor to‘qqizta yangi tarif rejasini taqdim etish niyatida ekanini xabar qilgan edik.
Kompaniya mart oyining o‘zida ushbu tariflarning oltitasini ishga tushirishga ulgurgan edi. Bugun qolgan uchta yangi — «Premial», «Ideal» va «VIP» deb nomlangan yangi tarif rejalarini ishga tushirdi.
Kompaniyaning «Facebook»dagi rasmiy sahifasida yozilishicha, ushbu tariflar ko‘p qo‘ng‘iroq qiluvchi va internetdan faol foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.
«Premial» tarif rejasida abonentga oyiga 1000 daqiqa, 3000 MB trafik va 1000 SMS-xabar beriladi. Ushbu 1000 daqiqa tugaganidan keyin ham tarmoq ichida suhbatlar mutlaqo bepul bo‘ladi. Ushbu tarifda oylik abonent to‘lovi 63 000 so‘m.
«Ideal» tarif rejasida esa 2000 daqiqa, 4000 megabayt va 2000 SMSni taqdim etiladi. Ushbu tarifda tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar bepul bo‘lib, ular 2000 daqiqalik limitdan sarflanmaydi. Ushbu tarif rejasida oylik abonent to‘lovi 105 000 so‘mga teng.
«VIP» tarif rejasi — bu O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz qo‘ng‘iroqlar, 5000 MB va 500 SMS-xabarni o‘z ichiga oladi. Oylik abonent to‘lovi 147 000 so‘m.
Yangi abonentlar ushbu tarifga ulanayotganda Steel yoki Bronze toifasidagi chiroyli raqamni bepul qo‘lga kiritishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter