Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zLiDeP «Xalqlar do‘stligi» maydonida yangi shakldagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazdi (foto)

O‘zLiDeP «Xalqlar do‘stligi» maydonida yangi shakldagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazdi (foto)

Foto: O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi

O‘zbekiston muhim siyosiy jarayon — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar saylovi arafasida turibdi.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham saylovoldi jarayonlarida yangicha g‘oya, yangicha qarashlar bilan faol ishtirok etmoqda.

26 sentyabr kuni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan poytaxtimizdagi «Xalqlar do‘stligi» saroyi oldidagi maydonda «Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!» shiori ostida yangi shakldagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – turli aksiyalar va taniqli san’atkorlarni jalb qilgan holda O‘zLiDeP g‘oya va maqsadlarini aholi ongiga singdirish, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi A.Xaitov kirish so‘zi bilan ochib, joriy yilgi saylovlar butunlay yangicha muhitda, yangicha huquqiy sharoitda o‘tishini aytib, bu siyosiy jarayonga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotganini ta’kidladi. Partiyaning yangi Saylovoldi dasturida belgilanayotgan asosiy g‘oya va vazifalar haqida ishtirokchilarga qisqacha ma’lumot berdi.

«Bo‘lajak saylovlar mamlakatimiz tarixida ilk bor Saylov kodeksi asosida o‘tkaziladi. Bu esa saylovning qonuniylik, shaffoflik, ochiqlik sharoitida o‘tishining yana bir yorqin ifodasidir.Shu bois saylovlar oldidan partiyamizning saylovoldi dasturi, siyosiy platformasini ishlab chiqdik, yangi-yangi g‘oyalarni o‘rtaga tashladik. Bu galgi saylovda partiyamiz «Davlat ham, islohotlar ham avvalo insonga xizmat qilish kerak», degan g‘oya bilan o‘rtaga chiqayapti. Dasturni esa kabinetda o‘tirib emas, partiya faollari, oddiy odamlar bilan bamaslahat yozishga e’tibor qaratdik. Endi qaysi partiyaning dasturi xalqqa manzur bo‘lsa, o‘sha partiyaning qo‘li baland kelishi muqarrar»,– deydi A.Xaitov.

«Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!» shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri har qanday rasmiyatchilikdan holi tarzda ochiq maydonda o‘tkazildi. Zero, partiya saylovoldi targ‘ibot tadbirlarini zerikarli, bir tomonlama ma’ruza shaklida tashkil etish amaliyotidan voz kechib, erkin muloqot tarzida o‘tkazilmoqda, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Targ‘ibot tadbirida millatimiz faxri va g‘ururi, O‘zLiDeP faollari, taniqli tadbirkor Murod Nazarov, boks bo‘yicha jahon chempioni Shaxram G‘iyosovlar so‘zga chiqdi. Estrada yulduzlari ishtirokida konsert ham tashkil etildi. 

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bu kabi yangicha targ‘ibot tadbirlarini nafaqat poytaxtimizda, balki mamlakatimizning barcha hududlarida ham o‘tkazadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring