Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelajak mutaxassislarini tayyorlaydigan yangi loyiha boshlandi

Kelajak mutaxassislarini tayyorlaydigan yangi loyiha boshlandi

Foto: «Xabar.uz»

2021-yil 11-yanvar kuni IT Park hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi.

Mazkur voqea 21 asrda ish beruvchilar tomonidan talab qilinadigan yangi kasblarni rivojlantirish hamda o‘qitishga qaratilgan «Future Skills Uzbekistan» yangi loyihasining boshlanishiga ilk qadam bo‘ldi, deb xabar bermoqda IT Park matbuot xizmati.

Memorandum imzolanishi sharafiga bag‘ishlangan tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov, IT Park direktori Farhod Ibragimov va boshqalar ishtirok etishdi.

Caption

Loyihaning maqsadi — axborot texnologiyalari bo‘yicha keng qamrovli o‘quv dasturi orqali yuqori malakali IT mutaxassislar sonini ko‘paytirishdir.

Loyiha quyidagi 3 ta asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi:

  1. Professional ta’lim va IT mutaxassislarni tayyorlash.

Ushbu bosqich keng qamrovli o‘quv dasturidan, ya’ni kompyuter savodxonligi, ingliz tili va soft skillsni rivojlantirish kurslaridan iborat. Keyinchalik, kompyuter savodxonligi kursini tamomlagandan so‘ng, ishtirokchilar mutaxassislik bilan tanishadilar va har bir kishi o‘qishini davom ettirishi uchun quyidagi mutaxassisliklardan birini tanlashi mumkin:

- veb dasturlash;

- mobil ilovalarni yaratish;

- mobil o‘yinlarni yaratish;

- mobil robototexnika;

- grafik dizayn;

- 3D modellashtirish;

- IT menejmenti;

  1. IT mutaxassisining malakasini baholash va malaka pasportini berish.

O‘qish so‘ngida bitiruvchilarning malaka darajasini aniqlash maqsadida ularning bilimi mustaqil ravishda baholanadi (ixtiyoriy). Undan so‘ng IT mutaxassisiga malaka pasporti beriladi.

3. IT mutaxassisiga ishga joylashish va mustaqil ravishda ish bilan shug‘ullanish (frilanserlik) bo‘yicha yordam.

Loyiha doirasida ishtirokchilarga nafaqat IT mutaxassisliklari o‘qitiladi, balki istiqbolli talabalarga ish izlashlarida va ish topishlarida har tomonlama yordam beriladi. Bundan tashqari, loyiha ishtirokchilari uchun turli tadbir, amaliyot, xakaton, akselerator, inkubator, tanlov va boshqa tadbirlar tashkil etiladi. Loyihada turli xil platformalar va agregatorlar orqali xalqaro frilans bozorida o‘qitilgan IT mutaxassislarning kirishiga alohida e’tibor qaratiladi.

Caption

Keng qamrovli o‘quv dasturi 9 oy davom etadi va 12 viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi poytaxtida tashkillashtiriladi:

Andijon viloyati;
Buxoro viloyati;
Jizzax viloyati;
Qashqadaryo viloyati;
Navoiy viloyati;
Namangan viloyati;
Samarqand viloyati;
Sirdaryo viloyati;
Surxondaryo viloyati;
Toshkent viloyati;
Farg‘ona viloyati;
Xorazm viloyati;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Toshkent shahri.

Foto: «Xabar.uz»

Talablar:

Dastur ishtirokchisi bo‘lish uchun siz 16 yoshdan oshgan, ish bilan ta’minlanmagan bo‘lishingiz, shuningdek, quyidagilarni o‘z ichiga olgan dastlabki tanlovdan o‘tishingiz kerak: mantiqiy test, kompyuter savodxonligi bo‘yicha test hamda ingliz tili darajasini aniqlash uchun test.

Dastur narxi – oyiga 400 000 so‘m.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidagi aholini ish bilan ta’minlash jamg‘armasi hisobidan ajratilgan mablag‘ga kvotalar bo‘yicha ishsiz va ish izlayotgan shaxslarnining o‘qish to‘lovining 50% qoplanadi (ishtirokchilar umumiy sonining 70% dan oshmasligi kerak).

Potensial ish beruvchi yoki o‘quvchi tomonidan 50% qoplanadi.

Ishsiz va ish izlayotgan shaxslar sonidan 30% dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarning o‘qish xarajatlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan qoplanadi.

Loyihaga ro‘yxatdan o‘tish 2021 yil 18 yanvar kuni quyidagi havola orqali boshlanadi: http://futureskills.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring