Yangi lavozimga tayinlangan sobiq hokim ishdan bo‘shatildi
Andijon shahri sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev 17 avgust kuni shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, u Andijon shahri hokimi G‘ofur Abdurahmonovning tegishli qarori bilan yana ishdan olingan.
Ma’lumot uchun, Dilmurod Rahmatullayev ta’lim tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Bir muddat viloyat xalq ta’limi boshqarmasini boshqargan. 2016-2019 yillarda esa Andijon shahri hokimi vazifasida ishlagan.
Rahmatullayev 2017 yilda o‘qituvchilarni haqorat qilgani audiosi bilan e’tiborga tushgandi. 2019 yilda u axloqsiz tasviri ortidan ishdan olingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter