Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi koronavirus aniqlandi — mutatsiyaga uchrashidan xavotirlanishyapti

Yangi koronavirus aniqlandi — mutatsiyaga uchrashidan xavotirlanishyapti

Foto: Cnsphoto via REUTERS

Yaqinda Janubiy Afrika Respublikasida aniqlangan ko‘rshapalaklar koronavirusi — NeoCov Yaqin Sharq bezgagini qo‘zg‘ovchi MERS virusining «yaqin qarindoshi» bo‘lib chiqdi. NeoCov birgina mutatsiyaga uchrasa bas — hujayralarga xuddi SARS-CoV-2 (koronavirus) kabi kira oladigan, odam uchun xavfli virusga aylanishi mumkin. Tadqiqot-maqola bioRxiv saytida e’lon qilindi.

«MERS-CoVning yaqin qarindoshlaridan biri (NeoCov) ko‘rshapalaklar hujayralariga kirish uchun ACE2 retseptoridan foydalanadi. Agarda uning qobig‘i asosiy qismida birgina mutatsiya yuz bersa, inson hujayralariga kirish uchun faollashishi mumkin, MERS-CoV va SARS-CoV-2ga qarshi antitanalar unga kor qilmaydi», — deyishmoqda tadqiqotchilar.

COVID-19 pandemiyasi sababli olimlar SARS-CoV-2ning kelib chiqishi tarixini obdan o‘rganishdi, qolaversa, insonni zararlashi mumkin bo‘lgan jonivorlarning boshqa xavfli koronaviruslarini izlash boshlanib ketdi. Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya, AQSh, Kambodja, Shveysariya va yana ayrim mamlakatlardagi ko‘rshapalaklar va jonivorlarning populyasiyasida shunga o‘xshash patogenlar mavjud. Odamlar va jonivorlar o‘rtasidagi kontaktlar oshib boraverar ekan, koronavirusli yangi pandemiyalar boshlanib ketishi hech gap emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring