Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi kasallanish holatlari Samarqand va Toshkent viloyatida aniqlandi

Yangi kasallanish holatlari Samarqand va Toshkent viloyatida aniqlandi

2020-yil 24-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3164 (+14) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 8 nafari Samarqand viloyatida, 2 nafari Toshkent viloyatida, 4 nafari esa Karantin markazida (Qozon – Toshkent yo‘nalishidagi charter reys bilan kelgan va karantinga olingan) aniqlandi.

Ayni paytda yurtimizda 2565 (+33) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi.

Avval xabar qilinganidek, sog‘ayganlarning 13 nafari Toshkent shahridan, 12 nafari Samarqand viloyatidan hamda yana 8 nafari Navoiy viloyatidan.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 586 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring