Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi «iPhone 12»ning suratlari tarqab ketdi (foto)

Yangi «iPhone 12»ning suratlari tarqab ketdi (foto)

Foto: «Ferra»

«Apple» kompaniyasining yangi «ayfoni» suratlari internetda tarqab ketdi — «iPhone 12» smartfoni klassik «iPhone 4»ga juda o‘xshab ketadi. Bu haqda «Ferra.ru» xabar berdi.

To‘g‘ri, suratlardagi «ayfonlar»ning korpuslari, ular smartfonlar uchun aksessuarlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan g‘iloflar va hokazo qismlarni tayyorlashda ishlatiladi. Shundan ham ko‘rinib turibdiki, yangi «iPhone 12» dizaynida klassik «iPhone 4»ga yaqinlik bor. Masalan, korpusdagi to‘g‘ri qirralar.

Amerika kompaniyasi bu yil «iPhone 12» turkumi ostida to‘rtta modelni taqdim etishi kutilmoqda. Kichik modellar 5,4 va 6,1-dyuymli ekranlarda chiqarilsa, Pro-versiyalarida ekran kattaligi 6,1 va 6,7 dyuymli bo‘ladi. Rasmiy anons oktyabrga belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring