Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Yangi haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati markazi yangi haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qildi. 

14-17mart kunlari respublika bo‘yicha beqaror ob-havo saqlanib turadi. Ko‘pchilik viloyatlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 14-16 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 14 martda va 16-17 mart kunlari ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), asosan biroz bo‘ladi.

Haftaning birinchi yarmida kunduz kungi harorat 14-17° iliqdan 8-11° iliqgacha o‘zgarib turadi, chorshanba kuni 16-21° iliqgacha ko‘tariladi.

18 mart juma kuni O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa qismidan sovuq havo massasi kirib keladi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi ehtimoli bor. Kunduz kuni havo harorati 7-10° iliqgacha pasayadi.

Hafta davomida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik yomg‘ir va qor ko‘rinishida bo‘ladi, 14-16 martda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi, tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring