Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi hafta uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Yangi hafta uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi. Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida noyabr oyining boshi uchun deyarli iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 20-25 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Faqat respublika shimolida havo harorati 8-13 daraja iliqqacha pasayadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Ertadan respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo harorati asta–sekin pasayishi boshlanadi. 

Havo harorati 5-noyabrda kunduzi 13-18 daraja iliq, 6-noyabrda 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi, 7-8- noyabrda esa harorat 5-10 daraja iliqqacha pasayadi.

Kechalari sovuq bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida 7-8-noyabr kunlari harorat kechalari 0-5 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, Ustyurtda 3-4 daraja sovuqqacha pasayadi.

5-6-noyabr kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

7-8-noyabrda hududning katta qismida yomg‘ir kuzatilmaydi. 7 noyabr kuni Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysida, shuningdek, 7-8-noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida asosan jadalligi biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi. Shimolda yomg‘ir va ho‘l qor ko‘rinishidagi aralash yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli bor.

Tog‘larda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanadi), 5-6-noyabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 7-8-noyabr kunlari ayrim joylarga tuman tushadi.

Poytaxtimizda: bugun 4-noyabrda kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. 5-6-noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 7-8-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 4-5- noyabrda 10-14 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring