Yangi davlat mukofoti ta’sis etilmoqda
«Yilning eng yaxshi tadbirkori» davlat mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida»gi Prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.
Beligilanishicha, mukofot, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 5 nafardan vakillariga har yili «Tadbirkorlar kuni» arafasida topshiriladi.
Mukofot biznesdagi muvaffaqiyatlari hamda ijtimoiy faolligi bilan barchaga namuna bo‘ladigan tadbirkorlarga faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun beriladi.
Qayd etilishicha, mukofot bilan taqdirlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
Mukofot bilan takdirlangan biznes vakillariga bazaviy hisoblash mikdorining 100 baravari mikdorida bir marta to‘lanadigan pul mukofoti berilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, mukofot bilan taqdirlangan shaxslar haqida «Yilning ilg‘or tadbirkorlari» kitobi chop etib boriladi.
Shu bilan birgalikda «O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida»gi Qonuni loyihasi ham ishlab chiqilishi belgilanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter