«Yangi daraxt — yangi nafas» respublika ekochempionati o‘tkaziladi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-dekabrdan Ekologiya vazirligi atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimi ma’lumotlari bazalarining jamoatchilik uchun ochiqligini ta’minlaydi hamda ularda quyidagi ma’lumotlarni joylashtirib boradi.
Jumladan:
- har yili «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ekiladigan daraxt va ko‘chatlar haqida;
- daraxt va butalarni kesish uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish maqsadida taqdim etilgan arizalar haqida;
- suv havzalarida noruda materiallarni qazib olish bo‘yicha joriy qilingan moratoriy tartibini buzgan shaxslar haqida.
2025-yildan har yili quyidagilar amalga oshirib boriladi:
- «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Yangi daraxt — yangi nafas» respublika ekochempionati;
- har oyda 1 marotaba «Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz» shiori ostida aksiyalar, tashviqot tadbirlari.
Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter