Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana to‘rt nafar bemor koronavirusni yengdi! (foto)

Yana to‘rt nafar bemor koronavirusni yengdi! (foto)

Foto: SSV Matbuot xizmati

Bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana to‘rt nafari butunlay sog‘aydi. Ularning bir nafari BAAning Dubay shahridan, yana bir nafari Turkiyadan kelgan, qolgan ikki nafari esa koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lgan fuqarolardir. Ularni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va boshqa mas’ullar Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatishdi. 

Foto: SSV Matbuot xizmati

SSV matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu bemorlarning sog‘ayishida Virusologiya ilmiy-teshirish instituti klinikasi jamoasining bahamjihat bo‘lib, zimmasiga yuklangan ulkan mas’uliyatni chuqur his etgan holda, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning shifo topishi uchun astoydil kurashayotgani muhim ahamiyat kasb etayapti. Buning uchun shifoxonada barcha sharoit yaratilgan, dori-darmon, zamonaviy tibbiy texnologiyalar, himoya vositalari bilan ta’minlangan.

Foto: SSV Matbuot xizmati

«Yana bir e’tiborli jihati, ayni murakkab vaziyatda tajribali shifokorlarimiz tomonidan bemorlarni davolashda dunyo tajribasi, xususan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari, koronavirus infetsiyasini jilovlay olgan Xitoy, Janubiy Koreya kabi davlatlarning amaliy ishlari o‘rganilib, amaliyotda qo‘llanilmoqda. Har bir bemorga ilmiy asosda yondashilib, standartlar bo‘yicha davolash choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, klinika jamoasining pulmonologiya, kardiologiya, terapevt, endokrinologiya kabi qator ixtisoslashgan soha mutaxassislari bilan telemuloqot o‘rnatgani ham koronavirus infetsiyasiga qarshi kurashda qo‘l kelayotir. Tor mutaxassislar bilan hamkorlikda bemorlarning holati yuzasidan maslahatlashish, aniq tashxis qo‘yish va davolash imkonini berayapti. Shu kabi qator omillar aksariyat bemorlar ahvolining yaxshilanishiga olib kelmoqda, sog‘ayishi tezlashmoqda. Ayni lahzada tuzalgan bemorlarimizning quvonchi cheksiz. Ularning tabassumi, minnatdorli so‘zlari zahmatkash tibbiyot xodimlarining mehnatiga eng yuksak baho bo‘lsa, ajab emas», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring