Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana rekord natija qayd etildi

Yana rekord natija qayd etildi

2020-yil 25-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 952 (+197) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 169 nafari Toshkent shahrida, 20 nafari Namangan viloyatida hamda 8 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 124 nafar, Toshkent viloyatida 146 nafar, Sirdaryo viloyatida 40 nafar, Jizzax viloyatida 21 nafar, Samarqand viloyatida 16 nafar hamda Buxoro viloyatida 12 nafar, jami rekord darajada - 359 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 10 831 (+359) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 010 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring