Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana paxta aybdor! Jizzaxlik talabalarga nega stipendiya berilmayapti?

Yana paxta aybdor! Jizzaxlik talabalarga nega stipendiya berilmayapti?

Foto: «Zamin.uz»

Jizzax politexnika institutining bir guruh talabalari tahririyatimizga stipendiya vaqtida berilmayotganidan nolib, murojaat qilishdi. Ularning aytishicha, yanvar va fevral oylari uchun haligacha stipendiya olishmagan. Fevral-ku tushunarli, oy endi boshlandi.

Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida institut qabulxonasiga sim qoqdik. Ular buxgalteriya va moliya bo‘limlariga murojaat qilishimizni aytishdi. Lekin ushbu ikki bo‘lim bilan bog‘lana olmadik. Keyin o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Abdujamil Ko‘chimovni topdik.

— Bu yil talabalar paxtaga chiqmagani uchun martda o‘tkaziladigan qishki semestr oldinga surilib ketdi, rejalarimiz o‘zgardi. Hozirda deyarli hammaga stipendiya berilgan, faqat 4-bosqichdagi ayrim guruhlarga biroz kechikdi. Lekin bugun ularga ham stipendiya tarqatiladi, — dedi A.Ko‘chimov.

Ko‘rib turganingzdek, muammoga aytarli yechim va sabab, savolga tayinli javob ololmadik. Nima uchun stipendiya kechiktirildi? Marketing bo‘limidagilar to‘lov kontrakt pulini to‘lamagan talaba yo‘qligini, stipendiya berishda muammo bo‘lmasligini aytishdi.

Bu mavzuga yana qaytamiz!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring