Yana ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi vayronalar ostidan qutqarib olindi
![Yana ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi vayronalar ostidan qutqarib olindi](https://static.xabaruz.com/crop/4/1/720_460_95_4164835377.jpg)
Bir muddat oldin Qahramonmarashda bedarak yo‘qolgani aytilgan O‘zbekiston fuqarosining topilgani va shifoxonaga joylashtirilgani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi bergan xabarga ko‘ra, yana ikki nafar – 1982-yil Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tug‘ilgan fuqaro Shotirbekova Asal Hatay viloyatida binolar orasidan hamda 1996-yilda tug‘ilgan fuqaro Akramjon Xoshimov Malatya viloyatida vayronalar ostidan qutqarib chiqarilgan.
Hozirda ularga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter