Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir qancha davlatlar Rossiyada noxush hodisalardan ogohlantirdi

Yana bir qancha davlatlar Rossiyada noxush hodisalardan ogohlantirdi

Bir qancha G‘arb davlatlari o‘z fuqarolarini Rossiyada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan teraktlar haqida ogohlantirdi.

Rossiyadagi «xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashishi» haqidagi ma’lumot Kanada hukumati, Chexiya va Shvetsiyaning Moskvadagi elchixonalari tomonidan taqdim etilgan.

FSBning zahiradagi podpolkovnigi Aleksey Filatov ehtimoliy teraktlar haqidagi ma’lumolarni izohlar ekan, bu soxta ekanligiga umid bildirdi. «Ammo bizda bir haftadan keyin saylovlar bor: kelasi dam olish kunlari terrorchilar «nishoni» bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, bu soxta ma’lumot bo‘lishidan umid qilaman», dedi u.

Eslatib o‘tamiz, AQSh elchixonasi va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi Rossiya poytaxtida teraktlar tahdidi haqida birinchi bo‘lib e’lon qildi.

Keyin Janubiy Koreya va Latviya diplomatlari o‘z fuqarolaridan odamlar gavjum joylarga bormaslikni so‘radi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring