Yana bir prezident koronavirusga chalindi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning koronavirusga topshirgan test natijasi musbat chiqdi. Bu haqda ukrainalik yetakchining o‘zi «Facebook»da ma’lum qildi.
«Tana haroratim — 37,5. Barchaga 36,6 darajani tilayman! O‘zimni yaxshi his qilyapman», — dedi u.
Davlat rahbari izolyasiyadan turib o‘z vazifasini bajarishini ta’kidlagan.
«Ko‘pchilik COVID-19ni yengdi. Men ham uddalayman», — deb yozgan Zelenskiy.
«Worldometers» hisob-kitobicha, 2020-yil 9-noyabr soat 20:30 holatiga ko‘ra, Ukrainada 469 018 kishi koronavirusni yuqtirib olgan bo‘lib, ulardan 8 565 kishi hayotdan ko‘z yumdi. 209 143 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter