Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir o‘lim. Marhumning rafiqasi, farzandi va nabiralari ham kasallik bilan kurashmoqda

Yana bir o‘lim. Marhumning rafiqasi, farzandi va nabiralari ham kasallik bilan kurashmoqda

Poytaxtimizning Uchtepa tumanida yashovchi X.da shu yilning 28 mayida COVID-19 kasalligi tasdiqlanib, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan edi.

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bundan avval 76 yoshli  ushbu bemor (erkak) uzoq yillar davomida gepatit, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali yurak yetishmovchiligi kabi kasalliklar bilan davolanib kelgan.

31-may kuni bemorning ahvoli og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan.

Shu kungacha unga bosh mutaxassislar tomonidan konsultatsiyalar, mamlakatimizdagi tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.

Biroq ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Ayni paytda marhumning turmush o‘rtog‘i, farzandi va nabiralarida ham COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangan. Ularga shifokorlarimiz tomonidan davo muolajalari ko‘rsatilmoqda.

O‘zbekistonda COVID-19 qurbonlari soni jami 18 nafarga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring