Yana bir haftadan so‘ng poytaxtimizda yirik ko‘rgazma ochiladi
Shu yilning 11-13-aprel kunlari poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida «BankExpo-2019» bank-moliya xizmatlari, uskunalari va texnologiyalarining milliy ko‘rgazmasi boshlanadi.
Ko‘rgazma doirasidagi tadbirlarda O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi bosh direktori Baxtiyor Hamidov, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakili Alkis Drakinos, Osiyo taraqqiyot banki vakili Bobur G‘afurov, Xalqaro moliya korporatsiyasi vakili Galina Klimenko va boshqalar ishtirok etadilar.
Ko‘rgazma pavilonida banklar stendlari joylashtiriladi. Atrium hududida «Bank Talks» davomida mutaxassislar tajriba almashadilar, «Start Up tashabbuslari» sessiyasi esa loyihaga nafaqat tegishli qiziqish, balki investitsiyalar jalb etish imkonini yaratib beradi.
Ko‘rgazma yakunlanadigan kunning birinchi yarmida banklar o‘z taqdimotlarini o‘tkazib, eng yaxshi mijozlarini taqdirlaydilar.
«BankExpo-2019» ko‘rgazmasining rasmiy yopilish marosimida samarali faoliyati bilan o‘zini namoyon qilgan banklar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi. «Bankning eng yaxshi xodimi» mukofoti o‘z egalariga topshiriladi.
«BankExpo-2019» ko‘rgazmasi moliya institutlari xodimlari o‘rtasida tajriba almashish, xarajatlarni qisqartirish yo‘li bilan biznes samaradorligini oshirish va chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliya sohasida joriy holatni yaxshilashga qaratilgan.
Ko‘rgazmada xorijiy kompaniyalarning ishtiroki va ularning tajribasi zamonaviy biznes yechimlar va texnologiyalarni joriy etish hisobiga bank-moliyaviy sektor rivojlanishiga sezilarli hissasini qo‘shadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter