O‘zbekistonda yana 600 kishida koronavirus aniqlandi

So‘nggi kecha kunduzda yurtimizda qariyb yana 600 nafar kishida koronavirus aniqlandi, 5 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
2021 yil 17 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 167858 (+590) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 33 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 14 nafari Andijon viloyatida,
- 10 nafari Buxoro viloyatida,
- 17 nafari Jizzax viloyatida,
- 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 5 nafari Navoiy viloyatida,
- 11 nafari Namangan viloyatida,
- 51 nafari Samarqand viloyatida,
- 11 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 19 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 55 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 20 nafari Xorazm viloyatida,
- 112 nafari Toshkent viloyatida,
- 228 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 161275 (+854) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1184 nafarni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter