Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana 1 million doza koronavirusga qarshi vaksina olib kelindi

Yana 1 million doza koronavirusga qarshi vaksina olib kelindi

Foto: SSV matbuot xizmati

Hozirgina Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi tomonidan o‘zbekistonlik mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 million dozasi Xitoydan yurtimizga olib kelindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vaksinaning  1 million dozalik avvalgi partiyasi shu yilning 27-mart kuni keltirilgan edi.

Shu kungacha yurtimizdagi vaksinatsiya jarayonlari uchun jami 1 660 ming doza vaksina zaxirasidan foydalanilmoqda. Ayni paytgacha emlangan 565 ming nafardan ortiq aholining 46 foizi, ya’ni 263 ming nafardan ortig‘i ZF-UZ-VAC2001 bilan emlangan.

ZF-UZ-VAC2001 bilan emlanish 65 yosh va undan katta yoshdagi emlanivchilar orasida 148 ming nafardan ortiqni, tibbiyot xodimlari orasida 114 ming nafardan ortiqni tashkil qilgan.

Kecha, 26 aprel kuni ZF-UZ-VAC 2001 bilan emlangan fuqarolar soni 14 522 nafarni tashkil qilib, ushbu vaksina bilan kunlik emlanish ko‘rsatkichi 68 foizga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yurtimizga «Sputnik V» vaksinasining 2 ta patriyasi keltirilgan edi. Shuningdek, AstraZeneca vaksinasining ham yangi patriyasini keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring