Yamanda «shoxli» odam vafot etdi
Dunyodagi eng keksa odam ekani aytilayotgan Ali Anter peshonasidagi o‘simtalarni olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotidan so‘ng vafot etdi.
The Sun nashrining yozishicha, Ali operatsiyadan so‘ng uch kun o‘tib vafot etgan. Undagi o‘simtalarni arrali uskuna bilan kesib tashlamoqchi bo‘lishgan.
Mahalliy aholi undagi bu shox Ali Anter 100 yoshdan oshganidan keyin paydo bo‘lganini aytishmoqda. Ularning fikricha, noprofessional amputatsiya uning o‘limini tezlashtirgan bo‘lishi mumkin.
Rasmiy ravishda Ali Anterning yoshi tan olinmagan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u 140 yoshda bo‘lgan.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra esa, hozir eng keksa erkak venesuelalik Xuan Visente Peres hisoblanadi, u 113 yoshda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter