Yamanda beayov to‘qnashuv: 36 kishi halok bo‘ldi
Yamanning al-Hudayda shahrida davlat harbiylari bilan husiylar o‘rtasida beayov to‘qnashuvlar oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.
Shaharda harbiylar bilan husiylar o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etayotgani haqida kecha saytimizda xabar bergan edik.
Bugun, ya’ni 3-iyun kuni erta tongda yana 36 kishi halok bo‘lgani aniqlandi.
Yaman harbiy qo‘shiniga qarashli «al-Amalig‘o» harbiy brigadasi qo‘mondoni Abu Zarro al-Mahramiyning ma’lum qilishicha, husiylar bugun al-Fazo shahridagi harbiy qismga hujum uyushtirgan.
To‘qnashuvda 6 nafar harbiy, 30 nafar husiy halok bo‘lgan.
Kechagi to‘qnashuv haqida Yaman bosh vaziri Ahmad ibn Dag‘r ma’lumot berib, 19 nafar harbiy halok bo‘lganini aytgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter