Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoqutistondan uchgan samolyot oltin sochib ketdi

Yoqutistondan uchgan samolyot oltin sochib ketdi

«An-12» samolyoti lyuk qopqog‘i tushib ketishiga qaramay parvozda davom etgan va oltin yombilarini sochib ketgan.

Foto: «Telegram-kanal «112»

Yakutskdan osmonga ko‘tarilgan «An-12» samolyoti lyuk qopqog‘i tushib ketishiga qaramay parvozda davom etgan va oltin yombilarini sochib ketgan.

Yakutsk aeroporti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, aynan parvoz boshlanganda kuchli havo oqimi tufayli «Nimbus» aviakompaniyasiga tegishli bu yuk samolyotining chap tomon lyukidagi qopqoq otilib, bortdagi oltinlar to‘kilib ketgan. Shundan so‘ng ekipaj ortga qaytishga qaror qiladi va Yakutskdan 12 km naridagi Magan posyolkasiga qo‘nadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, samolyot bortida 10 tonnadan ortiq oltin yombilari bo‘lgan. «YakutiaMedia» oltindan tashqari brilliantlar ham bo‘lgani haqida xabar bermoqda.

Hozir uchish maydoni to‘liq qurshab olingan va surishtiruv ishlari boshlandi. Ma’lum bo‘lishicha, samolyotni parvozga ekipajning o‘zi tayyorlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring